"O'zbek mumtoz adabiyoti namoyandalari" mavzusida tadbir tashkil etildi

Bugun, 8-fevral kuni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda "Arxitektura va qurilish" fakulteti "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi professor-o'qituvchilari hamkorligida kafedraning iqtidorli talabalari ishtirokida gʼazal mulkining sultoni hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi munosabati bilan "O'zbek mumtoz adabiyoti namoyandalari" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir bayramona ruhda boʼlib oʼtdi va yakunda faol ishtirok etgan talabalar taqdirlandi. Ushbu ma'naviy-ma'rifiy tadbir ishtirokchilarda hamda tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.  

Intellektual o’yin tashkil etildi — Transport fakulteti

Bugun, 6-fevral kuni “Transport” fakulteti “Yoʼl muhandisligi” taʼlim yoʼnalishi talabalari oʼrtasida gʼazal mulkining sultoni hazrat Alisher Navoiyning 580 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi munosabati bilan «Buyuk mutafakkir siymolariga yuksak ehtirom” mavzusida intellektual oʼyin tashkil etildi. Mazkur intelaktual o’yinda ishtirok etgan guruhlar 4 ta shart bo’yicha bellashdilar. Yakuniy natijalarga koʼra, "Yangi zamon izdoshlari" jamoasi(115-20 guruhi) va "Turon" jamoalari(120-20 guruhi) 79 ball bilan faxrli 1-o‘rinni, "Barkamol avlod" jamoasi(111-20 guruhi) faxrli 2-o‘rinni, "Yuksalish" jamoasi(112-20 guruhi) esa 65 ball bilan 3-oʼrinni qoʼlga kiritdilar. Tadbir yakunida ishtirokchilar tashakkurnoma hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. Tadbir ko'tarinki ruhda boʼlib oʼtdi. ©Institut matbuot xizmati JizPI rasmiy kanali: @JizPI_online