Jizzax politexnika instituti ma’muriyati tomonidan II jahon urushida qozonilgan g’alabaning 76 yilligi, “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Xotira bor ekan-millat barhayot”, “E’tibor va g’amxo’rlik – insoniy burch” shiori ostida institutga biriktirilgan Jizzax shahrida joylashgan mahallalarda istiqomat qiluvchi II jahon urushi qatnashchilari, front orti ishlarda ishtirok etgan mehnat faxriylari holidan xabar olinmoqda.
Tashkil etilayotgan tadbirlar davomida institut rektori A. Usmankulov boshchiligida prorektorlar, institut kasaba uyushmasi raisi Q. Takaboyev, fakultetlar dekanlari, yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosarlari, Jizzax viloyat televideniyasi vakillari hamda mahallalar raislari, mahalla faollari ishtirok etib, faxriylar va urush qatnashchilari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslarni bayram bilan muborakbot etib, institut ma’muriyatining esdalik sovgʻalari va pul mukofotlarini ulashmoqdalar.
Ular bilan urush davri qiyinchiliklari, fron orti zaxmatlari va hozirgi dorulomon kunlarni qadriga yetish, Vatan uchun aziz jonlarini fido qilgan insonlar haqida muloqotlar qilinmoqda.
Bugun, 5-aprel kuni institut rektori A. Usmankulov, institut kasaba uyushmasi raisi Q.Takaboyev, “Servis” fakulteti dekani J.Hamidov va yoshlar bilan ish bo’yicha dekan o’rinbosari D. Xushvaqtovlar hamda Qassoblik mahalla fuqarolar yig’ini raisi B. Shodiyevlar Qassoblik mahallasi, Ulug’bek ko’chasi 33-uyda yashovchi II jahon urushi qatnashchisi Sharipov Xolmat boboning holidan xabar oldilar.
Qassoblik mahallasi, Ulug’bek ko’chasi 27-uyda yashovchi yana bir II jahon urushi vaqtida front ortida fidokorona mehnat qilgan mehnat faxriysi, 90 yoshli Shukurova Anzirat momoning ham holidan xabar olindi, davlatimiz va hukumatimiz tomonidan keksalarni e’zozlash, ularni asrab-avaylash, salomatligi to’g’risida g’amxo’rlik qilish bo’yicha ishlar doirasida ularga ham institut tomonidan esdalik sovg’alar va pul mukofotlari topshirildi.
Bu kabi xayrli ishlar shu kunning o’zida Ravalliq mahallasida ham davom ettirildi. Mevazor ko’chasi 28-uyda istiqomat qiluvchi 93 yoshli Roqiyeva Norbuvi momo ham davlatimiz g’amxo’rligi, e’tiboridan chetda qolmadi. Momo urush davrining barcha qiyinchiliklariyu, daxshatlari, och-yupun, nochorlik, bir burda non uchun tinimsiz mehnat qilgan yillari, umrining eng gullagan davrida urushdan oldingi va keyingi davrlari haqida yig’ilganlarga so’zlab berdi. Institut rektori A.Usmankulov yurtimizda hech kim e’tibordan chetda qolmasligi, keksalarga munosib sharoit yaratilishi bo’yicha islohotlar haqida so’zlab, Norbuvi momoga institut tomonidan sovg’alar va pul mukofotini topshirdi. Norbuvi momo barchaga minnatdorchilik bildirib, yurtboshimiz, institut ma’muriyati va mahalla faollari e’tibori hamda shunday kunlar uchun Yaratganimizga shukronalik keltirib, ular haqiga duoga qo’l ochdi.
Institut ma’muriyati va Ravalliq mahallasi raisi A.Eshonqulov hamda mahalla faollari birgalikda Ravalliq ko’chasi, 8-uyda yashovchi II jahon urushi qatnashchisi Berdiev Sobir boboni ham bayram bilan yo’qlab borishdi. Sobir bobo 19 yoshida Germaniya shahrlarida urushning barcha daxshatlarini, qiyinchilig-u qirg’inlarini hammasini o’z ko’zi bilan ko’rib, ishtirok etgan. Vatan ozodligi uchun zaxmatlarini, o’sha davr muhiti, urushdan keyingi davr qiyinchiliklari va hozirgi davr, mustaqillik, tichlikni qadriga yetish lozimligi haqida so’zlab berdi.
Shuningdek, ushbu kunda Jizzax politexnika instituti rektori A.Usmankulov, institut kasaba uyushmasi raisi Q.Takaboyev hamda “Transport” fakulteti dekani N.Saidaxmedova hamda mahalla raisi N.Azimov, hamda faollar ishtirokida Uchariq M.F.Y.da ham davom ettirildi. Uchariq mahallasi, Asalchilar ko’chasi 60-uyda yashovchi 88 yoshli mehnat faxriysi, Nosirov O’ktam bobo hamda Bodomli ko’chasi 17-uyda yashovchi 91 yoshni qarshilagan Xolmirzayev Abdulla bobolar ham bayram arafasida yo’qlandi. Tadbir davomida institut rektori A.Usmankulov urush va mehnat faxriylariga uzoq, umr, tan-sihatlik, farzandlari va nabiralari baxtiga salomat bo’lishini tilab, institut ma’muriyati nomidan sovg’a-salomlar va pul mukofotini topshirdi.
“E’tibor va g’amxo’rlik – insoniy burch” shiori ostida urush va mehnat faxriylarini ziyorat qilish tadbirlari O‘ratepalik mahallasida ham ko’tarinkilik ruhida davom ettirildi. A.Ergashev ko'chasi 12-uyda yashovchi mehnat faxriysi Toshpulatov Diljon bobo ham yo’qlandi. Diljon bobo ham urush davrini ko’rgan, ocharchilik va murakkab davrda mehnatda toblangan mahallaning yoshi ulug’ nuroniylaridan hisoblanadi. Institut rektori A.Usmankulov boboga shaxsan institut ma’muriyati sovg’a-salomlarini topshirib, dildan suhbatlashdi. Diljon bobo tashrif buyurganlarga minnatdorchilik bildirib, e’zoz va e’tibor uchun qo’lini duoga ochdi.
Ezgu niyatda amalga oshirilayotgan tadbirlar ushbu mahalladagi Yoshlik ko’chasi 2-uyda yashovchi Ashirmatova Qumri momo xonadonida ham davom ettirildi. Qumri momoning bolaligi aynan II jahon urushi davriga to’g’ri kelgan. Institut rektori A.Usmankulov Qumri momoning salomatligi, hayoti, urushdan keyingi tiklanish yillardagi o’tkazgan og’ir damlari haqida qiziqdi. Momo ham hayot yo’llari haqida ta’sirlanib, yig’ilganlarga so’zlab berdi. Institut rektori keksalarga bo’lgan e’tibor va e’zoz ifodasi sifatida esdalik sovg’alar va pul mukofotini Qumri momoga topshirdi.
Jizzax shahridagi Obod mahallasida yashovchi mehnat faxriysi Samadov Subxon bobo keksalarga bo’lgan hurmat-e’tibor, e’zozning guvohi bo’ldi. Uzoq yillik mehnatlar, urushdan keying tiklanishlar davrida toblangan Subxon bobo hozir farzandlari va nabiralari davrasida keksalik gashtini surmoqda. Institut ma’muriyatining tashkil etgan tadbirlari Subxon boboni ko’nglini tog’dek ko’tardi. Tadbir tashkilotchilari tomonidan boboga esdalik sovg’alar ulashildi.
Obod mahallasida yashovchi 91 yoshli Abdusamatov Nizom bobo ham II jahon urushida ishtirok etib qahramonliklar ko’rsatgan. Nizom boboning xonadoniga Institut rektori “Energetika va radioelektronika” fakulteti dekani U.Yarlakabov, yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari B.Mamatqulov, o’quv ishlari bo’yicha dekan o’ribosari E.Abdullayev hamda mahalla fuqarolar yig’ini raisi O.Xaydarovlar kunning ikkinchi yarmida tashrif buyurishib, Nizom boboga institut sovg’a va pul mukofotlarini topshirishdi.
Ushbu tadbirlar Madaniyat mahallasi, Sayilgoh ko’chasi 32-uy 7-xonadonda yashovchi, 1927-yilda tug’ilgan 94 yoshli Talpiyeva Vera momoning xonadonida ham bo’lib o’tdi. Tadbir davomida Vera momoga g’amxo’rlik va e’zoz sifatida esdalik sovg’a va pul mukofoti yuqori ko’tarinkilik kayfiyatida topshirildi.
“Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlar doirasida Jizzax shahridagi Sayiljoyi mahallasi, Sayiljoyi ko’chasi 66-uyda yashovchi Mamarahimova Xanifa momo xonadoniga institut ma’muriyati vakillari, mahalla raisi va faollari tashrif buyurishib, xanifa momoning bayram bilan muborakbot etishdi va esdalik sovg’a salomlarini topshirishdi.
Ushbu kunining ikkinchi yarmida Zargarlik mahallasida ham tadbirlar davom etdi. Ushbu mahallada yashovchi 1923-yilda tug’ilgan, mehnat faxriysi 94 yoshli Turushova Margarita hamda Kenjayeva Xolnisa momoning ham xonadonlariga institut ma’muriyati, xususan, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor S.Tavboyev, “Arxitektura va qurilish” fakulteti dekani A.Berdiqulov, yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosarlar J.Anorboyev, S.Azimova hamda mahalla raisi va faollari tashrif buyurishdi. Institut rahbariyati va homiylar tomonidan esdalik sovg’alari va pul mukofatlari topshirildi.