Jizzax politexnika instituti "Energetika va radioelektronika" fakultеti "Elektr texnologiyasi" kafedrasi o'qituvchilari O. Nurullayev, A. Ahmedov, G. Qo'shoqovlar viloyatimizning Forish tumani Oqtom mahallasidagi va 16 - 35 - maktablarda "Bitiruvchi maktab o'quvchilarini oliy ta'limga jalb qilish" mavzusida master klass darslarini o'tdi.
Master klass darslari qiziqarli tarzda tashkil etildi va oʼquvchilarda paydo boʼlgan barcha savollarga professor-oʻqituvchilar tomonidan javob berildi.