«Yoshlar oyligi» doirasida Energetika va radioelektronika fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida “Yoshlar - kelajak poydevori” mavzusidagi onlayn tadbir bo'lib o'tdi.

Iyun oyi davomida yurtimizning barcha hududlarida «Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!» shiori ostida «Yoshlar oyligi» deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan Jizzax politexnika instituti Energetika va radioelektronika fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida “Yoshlar - kelajak poydevori” mavzusidagi onlayn tadbir tashkil etildi. Tadbirda institutning Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, fakultet dekani U.Yarlakabov, barcha dekan muovinlari, kafedra mudirlari, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirda ishtirok etayotgan ishtirokchilarni yig‘ilganlarga dekan muovini B.Mamatkulov tanishtirib, ularni bugungi bayram bilan tabrikladi.

Shundan so'ng so‘zga U.Yarlakabov chiqib, bugungi kun bilan barchani qizg‘in tabriklab, fakultetda 2021-2022-o‘quv yilida erishilgan yutuqlar va shu o‘rinda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir davomida fakultet tyutorlari T.Xoshimov va O‘.Muxammatovlar ham so'zga chiqib, bugungi kun bilan yoshlarni tabrikladilar hamda ularga o‘qish va ishlarida muvaffaqiyatlar tilab, yo‘nalishlari bo‘yicha motivatsiyalar berishdi.

 Tadbir davomida talaba-yoshlar tamonidan ijro etilgan she'r, qo‘shiq, hajviya, tengdoshlarga tabriklar va mavzu yuzasidan tayyorlangan videoroliklar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

30