O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi, 775-sonli "O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida" qarorida yuklatilgan vazifalarni o'z vaqtida bajarilishini ta'minlash maqsadida hamda O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining 2022-yil 28-martdagi 624-sonli xatiga asosan Jizzax politexnika instituti Energetika va radioelektronika fakultetida Harbiy aloqa instituti tarkibidan tayinlangan ishchi guruh vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Energetika va radioelektronika fakulteti dekani Yarlakabov Umirzoq Mamatqulovich, Harbiy aloqa instituti tarkibidan tayinlangan ishchi guruh vakillari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Tadbirda davomida, uchinchi bosqichda tahsil olib, o'z xohish-istagiga binoan, O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida o'qishni davom ettirish maqsadida bo'lgan talabalarga elektron ro'yxatdan o'tish tartibi haqida batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, tadbirda birinchi va ikkinchi bosqich talabalari uchun ham targ'ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Ushbu targ‘ibot-tashviqot ishlarini Harbiy aloqa instituti tarkibidan ajratilgan ishchi guruh vakili Turopov Sherzod Nurmatovich olib bordi.