Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi aksiyadorlik jamiyati hamda sohaga tegishli tashkilotlar mutaxassislari Jizzax politexnika instituti 1-kurs Energetika yoʻnalish talabalari bilan institut binosida oʻquv yili boshlanishi arafasida uchrashuv tashkil qilindi. Bundan maqsad yosh talabalarga yurtimizdagi energetika tizimi toʻgʻrisida chuqurroq tushuncha berish boʻlib, ularga qilinayotgan ishlar, mamlakatimizdagi energiya siyosati, energetikadagi ekspluatatsiya ishlari, tashkiliy boʻlinmalar bilan yaqindan tanishtirildi. Talabalar ham oʻzlari qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan toʻliq javob olish imkoniyatiga ega boʻldilar.