Qur'a jarayonida Jizzax viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Ergash Saliyev, viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse prezidenti Anvar Musulmonov, shuningdek, JFA mutaxassislari va musobaqada qatnashadigan jamoalarning rahbarlari hamda murabbiylari ishtirok etishdi. Tadbir Jizzax politexnika instituti ikkinchi binosi konferensiyalar zalida boʻlib oʻtdi. Dastlab Jizzax viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Ergash Saliyev so‘zga chiqib, bu yil viloyatimiz futbolidagi erishilgan yutuqlar borasida fikr bildirdi. Shuningdek, viloyatimiz rahbari 2022-yilda viloyatimiz futboli rivoji yo‘lida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan ishlar xususida ham to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng qur'a jarayoniga start berildi. Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqa yanvar oyida start oladi. Bular haqida keyinchalik kanalimiz orqali batafsil ma'lumot beriladi.