...

18 Iyn

Germaniya Federativ Respublikasining Berlin Economics kompaniyasi vakillari JizPIga tashrif buyurishdi.

Germaniya Federativ Respublikasining Berlin Economics kompaniyasi vakillari joriy yilning 13-iyun kunidan buyon yurtimizda bo’lib turibdi.

Xorijlik vakillarning tashrif dasturiga asosan joriy yilning 18-iyun kuni Jizzax viloyatidagi ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishuv hamda Jizzax politexnika instituti rektori A.Usmankulov bilan uchrashuv belgilangan.

Bugun mehmonlar viloyatimizga tashrif buyurishdi va kunning birinchi yarmida «Jizzax Avtomobil Zavodi» MChJ kompaniyasi, «WORLD TRADING COMPANY» MCHJ, «Jizzax akkumulyator zavodi» AJ hamda “ADM Jizzakh” (Kia Uzbekistan) korxonasi faoliyati bilan tanishdilar.

Kunning ikkinchi yarmida esa Jizzax politexnika instituti faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida oliygohga tashrif buyurishdi.

Tashrif avvalida xorijiy mehmonlarning institut rahbariyati bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Institut rektori bilan samimiy suhbatdan so’ng, mehmonlar rektor hamda masʼullar hamroxligida institut miqyosida olib borilayotgan ishlar, institutning moddiy-texnik bazasi, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, laboratoriyalar, oʻquv xonalari, kampus hududidagi obyektlar bilan tanishtirildi.