Bugun, Jizzax politexnika instituti "A" binosidagi majlislar zalida talabalarning yashash sharoiti va harakatlanishi monitoringini yo‘lga qo‘yish va bu boradagi ishlarni takomillashtirish masalasida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig'ilishda institut prorektorlari, dekanat hamda kafedralar xodimlari, guruh murabbiylari ishtirok etdilar. Yig'ilish davomida institutning barcha prorektorlari o'zlariga tegishli soha bo'yicha ma'lumot berib, qilinishi kerak bo'lgan ishlar, vazifalar hamda kamchiliklarga alohida to'xtalib o'tdilar. Shuningdek, talabalar hayoti, yashash sharoiti, darsdan keyin nima bilan bandligi, ularning bo‘sh vaqtini qanday o'tkazayotganligi, ijarada qayerda hamda kimnikida turganligi va shu kabi masalalar muhokama qilindi. Yig'ilish yakunida kelgusida qilinishi kerak bo'lgan ishlar kelishib olindi. Institut matbuot xizmati Jizzax politexnika institutining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling va kuzatib boring: • www.fb.com/jizpiuz • www.instagram.com/jizpiuz • twitter.com/jizpiuz • https://t.me/JizPI_online