...

28 Noy

Ilmiy-texnik anjuman boʻlib oʻtdi

Termiz muhandislik-texnologiya institutida “Zamonaviy inshootlarni barpo etishda samaradorligi yuqori va intellektual texnologiyalardan foydalanish” mavzusidagi respublika ilmiy-texnik anjumani boʻlib oʻtdi.

Mazkur anjumanda Jizzax politexnika institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori v.v.b. Sharof Musayev hamda «Qurilish materiallari va konstruksiyalari» kafedrasi dotsent v.b. Bekzod Tursunovlar ishtirok etishdi.

Maʼlumot uchun, anjuman quyidagi 4 shoʻbada boʻlib oʻtdi:

1. Arxitektura, dizayn va qurilish sohalaridagi innovatsion takliflar;

2. Bino va inshootlarni barpo etishda zamonaviy texnika va texnologiyalarning qollanilishi;

3. Energetika, konchilik ishi va suv resurslaridan foydalanish sohalaridagi muammolarga zamonaviy yechimlar;

4. Boʻlajak muhandislarni oʻqitishda zamonaviy intellektual texnologiyalardan foydalanish.