Bugun, 22-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Olimjon To‘ychiyev Jizzax politexnika institutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida vazir o‘rinbosari institutning majlislar zalida talabalar, yosh olimlar hamda iqtidorli yoshlar bilan uchrashdi. O. To‘ychiyev uchrashuv avvalida vazirlik tomonidan amalga oshiralayotgan ishlarning asl mazmun-mohiyati, ularning mintaqadalardagi innovasiyalarni rivojlantirishda tutgan o‘rni, vazirlikning oldiga qo‘yilgan vazifalar to‘g‘risida to’xtalib o’tdi hamda tadbir ishtirokchilariga muvaffaqiyatlar tiladi, innovatsion ishlanmalar va loyihalar, ularni hayotga tatbiq etish bo‘yicha qimmatli maslahatlarini berib o‘tdi. Tadbir so’ngida “2020-yil uchun 20 ta eng yaxshi startap” loyihalar tanlovida Jizzax viloyatidan gʻolib boʻlgan 3 nafar loyiha egalari taqdirlandi.    Institut matbuot xizmati Jizzax politexnika institutining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling va kuzatib boring: • www.fb.com/jizpiuz • www.instagram.com/jizpiuz • twitter.com/jizpiuz • https://t.me/JizPI_online