...

21 Okt

"InnoWeek.uz-2023" xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi

«InnoWeek.uz-2023» xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida Pizza Pitch XL tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Pizza Pitch XL – tanlovida 100 ga yaqin pitchlar tinglandi va 5 ta eng yaxshi loyiha 10 000 000 so‘m pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.

Mazkur tanlovda Jizzax politexnika instituti Servis fakulteti 4-bosqich talabasi Farxodjonova Eʼzoza ham munosib ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

E.Farxodjonovani mazkur muvaffaqiyati bilan institut jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusidagi faoliyatida zafarlar tilaymiz!