Jizzax politexnika instituti professor-oʻqituvchilari va xodimlar jamoasi koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanmoqda. Institutda koronavirusga qarshi vaksinasiya jarayoni bugungi kunga kelib 3 bosqichda bo’lib o’tmoqda. Emlash jarayoni bundan keyin ham institutning asosiy binosida davom etadi. Vaksinalar tanangizning tabiiy immuniteti bilan birgalikda kasallik yuqishi xavfini kamaytiradi. Vaksina tanangizga yuborilgandan keyin immunitet tizimingiz tanaga kirgan mikrobni aniqlaydi, va bu mikrobga karshi kurashish uchun antitanachalarni ishlab chiqarib, u bilan qanday kurashish kerakligini eslab qoladi. Agar kelgusida ushbu mikrob ta’siriga yana uchrasangiz, immunitet tizimingiz uni qanday yo‘q qilishini biladi, siz kasal bo‘lmaysiz. Shunday qilib, vaksina tanada kasallikka qarshi immunitetni ishlab chiqishga ko‘mak beruvchi xavfsiz va samarali vosita sanaladi. Kasallik paydo bo‘lganidan keyin uni davolashdan ko‘ra, emlash orqali kasalliklarning oldini olish maqsadga muvofiq.