...

30 May

Institut Matbuot xizmati tomonidan media-tur tashkil etildi.

Mamlakatda tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash hamda hududlarni bir maromda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish, ushbu manbalar orqali elektr va issiqlik energiyasi bilan ta’minlash hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlarda energiya resurslaridan samarali foydalanish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Jizzax politexnika institutida elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni ishga tushirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur ishlarni keng jamoatchilikni yetkazish maqsadida institut Matbuot xizmati tomonidan «Institutda muqobil energiya manbalariga o‘tish borasida amalga oshirilayotgan ishlar» mavzusida media-tur tashkil etildi.

Media-turda institut matbuot kotibi S.Otamurodov boshchiligida institutning «Blogerlar klubi» a’zolari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar uchun institut hududi bo‘ylab sayohat tashkil etilib, bajarilgan va bajarilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.

Ma’lumot uchun, Jizzax politexnika instituti Energetika kafedrasida Germaniya davlatining «GIZ» (Германское общество по международному сотрудничеству) granti doirasida qiymati 11 000 yevro bo‘lgan “Quyosh elektr panellarini va tejamkor lampalarni sinaydigan laboratoriya” qurilmasi va ushbu grant doirasida Portugaliya davlatining “MARTIFER SOLAR. SA” firmasi orqali quvvati 10 kVt, qiymati 23,0 ming yevro bo‘lgan “Quyosh elektr stansiya laboratoriyasi” o‘rnatilgan, natijada quyosh elektr stansiyasini O‘zbekistonda, Jizzax viloyati sharoitida qanday ishlashini o‘rganish imkoni tug‘ildi.

Qurilmalardan dars jarayonida, tajriba mashg‘ulotlarida va ilmiy ishlarni olib borishda foydalanib kelinmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari har yili o‘tkaziladigan innovatsion yarmarkalarda muntazam qatnashib keladi. Jumladan, V-Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida “Tog‘li hududlar uchun mikro GES” loyihasi BMT ning global ekologik fondi (GEF) yarim finali g‘olibi deb topildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-fevral kuni Jizzax viloyati faollari bilan uchrashuvida muqobil energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha Jizzax politexnika instituti tashabbusi maʼqullandi va institut “Yoshlar texnoparki” qoshida “Quyosh panellarini ishlab chiqish” korxonasiga chet eldan uskunalar va xomashyolar xarid qilishga mablag‘ ajratildi.