Joriy yil 12-yanvar kuni Jizzax politexnika instituti Jizzax shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bilan hamkorlikda institutdagi barcha professor-o‘qituvchilar va xodimlarning koronavirusga test topshirishlari yo'lga qo'yildi. Shuningdek, institutda barcha professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar uchun amaliy seminar-treninglar samarali yo‘lga qoʻyilgan bo'lib, karantin qoidalariga rioya qilingan holda davom ettirilmoqda. Koronavirusga test topshirish jarayoni 13-yanvar kuni ham davom etadi. Azizlar o‘zingizni va yaqinlaringizni asrang! Salomatligingiz o‘z qo‘lingizda!