Bugun, 25-mart kuni Jizzax politexnika institutining konferensiyalar zalida institutda qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarning ota-onalari bilan institut rektori A. Usmankulovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda, institut rektori qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, unda tahsil olayotgan talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan kafedralarning ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik aloqalari, institutda mavjud laboratoriyalar, ARMdagi talabalar uchun yaratilgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, institutda keyingi 4 yilda amalga oshirilgan ishlar, ilmiy salohiyat, institutning respublikamiz oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi reytingi, yangi tashkil qilingan yo‘nalishlar va magistratura yo‘nalishlari, xorijda tahsil olayotgan magistrlar, amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari haqida batafsil to‘xtaldi. Talabalarni kompyuter texnologiyalari, dasturlash asoslarini egallashlari hamda xorij tillarini mukammal o‘rganishlari uchun institutda yaratilgan shart-sharoitlar va talabalarning vazifalari, ularga qoʼyilayotgan talablar haqida yig‘ilish qatnashchilariga ma’lumot berib o‘tdi. Yig‘ilish soʼnggida institut rektori ota-onalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.