Jizzax politexnika institutida tahsil olayotgan birinchi bosqich talabalarining “Dasturlash” va “Xorijiy til” fanlari bo‘yicha bilimlarini amaliy, ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlardan kelib chiqilgan holda qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkil qilingan. Ushbu qo‘shimcha mashg‘ulotlarga institutning 7 ta fakultetlaridan jami 275 nafar, shundan “Dasturlash” mashg‘ulotlariga 160 nafar va “Xorijiy til” fanidan tashkil qilingan qo‘shimcha mashg‘ulotlarga 156 nafar talabalar ro‘yxati shakllantirilgan. Talabalar sonidan kelib chiqilgan holda 7 tadan guruhlar tashkil qilingan va shu guruhlarga “Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqarish” hamda “Xorijiy tillar” kafedralaridan o‘qituvchilar biriktirilgan bo‘lib, ular belgilangan jadval asosida mashg‘ulotlar olib borishmoqda.