Jizzax politexnika instituti va Termiz davlat universiteti o'rtasida tuzilgan Akademik mobilnik dasturi doirasida 2022-yil 25-iyun kuni Termiz davlat universiteti magistrantlarining magistrlik dissertatsiya himoyasi bo'lib o'tdi. Unda institutimizning Intellektual transport tizimlari 501 M-20 guruhi magistrantlari ham o'z magistrlik dissertatsiyalarini himoya qildilar hamda o'zaro tajriba almashdilar.