Joriy yilning 24-mart sanasida Oliy o'quv yurtlari va o'rta maxsus bilim yurtlari qizlari o'rtasida “Mohitabon qizlar” ko'rik tanlovining viloyat bosqichi o'tkazildi. “Mohitabon qizlarjon” ko'rik tanlovi, o’quv yurtida tahsil olayotgan qizlarning xohish istaklarini inobatga olgan holda, ilm-fan sohasidagi yutuqlarini namoyon qilish, ularning jamiyatda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalardagi vazifalarni hal qilishdagi faolligini kuchaytirish, huquq va manfaatlarini himoya qilish va ta’minlash, tadbirkorlik va kasbiy mahoratini oshirish yoshlarni ma’naviy barkamol, g’oyaviy kurashchan, millat va davlatning taraqqiyoti yo’lida o’z kuchini ayamaydigan fidoiy insonlar qilib tarbiyalashda vatanparvarlik hissini uyg’otish hamda bu sohadagi tashabbuskor, faol jamoatchi talabalarni aniqlash, ulaning ilmiy izlanishlarini qo’llab quvvatlash, ularni oilaga, hayotga tayyorlash maqsadida o’tkazildi. Ushbu ko'rik-tanlovda Jizzax politexnika instituti "Sanoat texnologiyalari" fakulteti 311-20 YSBKI va T guruh talabasi Ibaydullayeva Oliya hamda ''Servis'' fakulteti 512-20 M guruhi talabasi Farxodjonova E'zozalar ishtirok etib, toʼqqiz nafar ishtirokchi orasidan o‘zlarining mahorati va intiluvchanligi bilan faxrli ikkinchi darajali diplom bilan taqdirlandilar. Ikkala talaba-qizlarimizga ham kelgusi o'qish va ishlarida omadlar tilaymiz.