Jizzax politexnika instituti "Transport" fakulteti "Yoʻl muhandisligi" kafedrasining iqtidorli talabalari va ularning ilmiy rahbarlari bilan fakultet dekani N. Saidaxmedova hamda kafedra mudiri I. Gʻaniyevlar davra suhbatini tashkil qildilar. Unda iqtidorli talabalar tomonidan olib borilayotgan ijodiy ishlarning holati hamda kafedra, dekanat, institut maʼmuriyati tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi, biriktirilgan rahbarlarning birgalikdagi amaliy ishlari boʻyicha ochiq muloqot boʻldi. Kafedrada yaratilgan sharoitlar oʻrganildi va kelgusidagi aniq natijalarga qaratilgan ishlar belgilab olindi.   Institut matbuot xizmati Jizzax politexnika institutining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling va kuzatib boring: • www.fb.com/jizpiuz • www.instagram.com/jizpiuz • twitter.com/jizpiuz • https://t.me/JizPI_online