30-iyun – "Yoshlar kuni" munosabati bilan tashkil etilgan ushbu videomuloqotda Respublikadagi oliy ta'lim muassasalari iqtidorli talaba-yoshlari, professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi. Videomuloqot davomida ko'plab yutuqlarga erishgan iqtidorli talabalar, jumladan, "Ilhom" mukofoti sovrindorlari, "Yil talabasi – 2021" g'oliblari, OTM prorektorlari, Vazirlik mutasaddilari so'zga chiqib, o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdilar, barcha yoshlarni bayram bilan tabrikladilar.

Videomuloqot davomida bayramga bayramona tuhfa, ijodkor talaba-yoshlarning she'r va hikoyalari jamlangan "Hilol" ijodkor yoshlar to'plami taqdimoti ham bo'lib o'tdi.

Ushbu vudeomuloqotda Jizzax politexnika instituti jamoasi ham munosib ishtirok etdi.

Videomuloqotda ishtirok eta olmagan bo'lsangiz, uni to'liq formatda Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazining YouTube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

👉https://youtu.be/PXPbkMqb2Gc