Bugun, 19-aprel kuni Jizzax politexnika instituti "Servis" fakulteti "Iqtisodiyot va menejment" kafedrasi oʻqituvchilari jamoasi Jizzax xizmat koʻrsatish va servis texnikumiga tashrif buyurishdi.
Kafedra professor-oʻqituvchilari i.f.n M. P. Soy, katta oʻqituvchi D. F. Boyzaqova, assistent D. T. Komilovlar tomonidan "Buxgalteriya hisobi va audit" yoʼnalishi oʼquvchilari uchun "Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy koʻrsatkichlari" mavzusida ochiq dars mashgʻulotlari tashkil etildi.