Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan "Aholi va yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta muhim tashabbus" ning to'rtinchi bandi ijrosini ta'minlash hamda "Kitobxonlik haftaligi" doirasida Jizzax politexnika instituti axborot-resurs markazi bilan hamkorlikda "Servis" fakulteti "Iqtisodiyot va menejment" kafedrasiga qarashli guruh talabalari ishtirokida "Zukko kitobxonlar" tanlovining kafedra bosqichi oʼtkazildi. Tanlovda 3-o'rinni 511-20 Menejment guruhi, 2-o'rinni 531-20 BH va A guruhi va 1-o'rinni 531-18 M guruhi egallab, tanlovning fakultet bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdilar.