Bugun, 1-iyun kuni Jizzax politexnika institutida Jizzax shahar IIO FMB 1-sonli IIB boshligʼi mayor Xatamov Islom Sanakulovich, Jizzax shahar IIO FMB 1-sonli IIB Oʼratepalik mahallasi huquq tartibot maskani profilaktika inspektori kapitan Boynazarov Laziz Axmadjonovich, institut professor-oʼqituvchilari hamda talabalar ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda so'zga chiqqanlar, talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar, jinoyatchiliklar va spirtli ichimlik iste’mol qilishning oldini olish hamda ma’naviy ishlar samaradorligini oshirish uchun huquq-targ‘ibot organlari bilan hamkorlikda qilinayotgan ishlar va belgilangan vazifalar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdilar.
Tadbirda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etgan soha xodimlari yoshlarni noxush voqealar hamda tartibsizliklardan voqif etish, tinchligimizning qadriga yetish, uni har qanday tahdidlardan asrab-avaylash muhimligini ta’kidladilar. Shuningdek, bugungi kunda aksariyat yoshlarimiz spirtli ichimliklarga ruju quyayotganligi va buning natijasida turli jinoyatlar sodir etayotganli to‘g‘risida ham talaba-yoshlarga tushunchalar berib o‘tishdi.
Barcha tashkilot va muassasalar ichki ishlar organlari bilan bir tan-u, bir jon bo'lib, bir-biriga yelkadosh bo'lib, huquqbuzarliklarning, ayniqsa voyaga etmaganlar va yoshlar o'rtasida oldini olish hamda ularga chek qo'yish, shuningdek ularning sodir etilish sabablari va shart-sharoitlarini o'rganish, tahlil qilish va bartaraf etish bo'yicha chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, amalga oshirilayotgan profilaktika chora-tadbirlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini, qonuniylik ahvoli hamda jinoyatchilik darajasi haqidagi ma'lumotlarni aholiga etkazish masalalarida keng jamoatchilikni hamkorligi muhimligini alohida taʼkidlandi.
Tadbir yakunida talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.