...

23 Iyn

JizPI Axborot xizmati rahbari Tulakov Jahongir faol deya e'tirof etildi hamda taqdirlandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Jizzax viloyati boshqarmasining № 01/22-205-sonli xatiga binoan boshqarma boshlig’i rahbarligida sohada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tahliliy yig’ilish o’tkazildi.

Yig’ilishda viloyatda faoliyat ko’rsatayotgan bosma OAVlar bosh muharrirlari, markaziy nashrlar va teleradiokanallarning viloyat muxbirlari hamda barcha axborot xizmatlari rahbarlari ishtirok etdilar.

Yig’ilishning yakuniy qismida viloyat bo‘yicha bir guruh tuman hokimliklari va tashkilotlarning axborot xizmati rahbarlari uchun o’tkazilgan attestatsiyadan muvaffaqiyatli o’tib, egallab turgan lavozimiga loyiq deb topilgan axborot xizmati rahbarlariga sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shundan so’ng, 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan faol deya e’tirof etilgan axborot xizmati rahbarlari taqdirlandilar.

Ushbu axborot xizmati rahbarlari orasida Jizzax politexnika instituti matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Tulakov Jahongir Turaqul o‘g‘lining ham borligi juda quvonarli.