Jizzax politexnika instituti talaba-qizlari bilan "Kelajak yoshlar nigohida" shiori ostida milliy qadriyatlarimiz, milliy liboslar, sogʻlom oila - sogʻlom kelajak mavzusida semenar trening oʻtkazildi. Unda viloyat vakili N. Nishonova, Oʼzbekiston Musulmonlar idorasi Jizzax viloyati vakilining oʼrinbosari Farogʼat Sattorova, Jizzax shahar bosh otinoyisi, Buvijonlar maktabi rahbari Anora Mamayunusova, viloyat targʻibot guruhi rahbari Jizzax shahar Kengashi deputati Muhabbat Adilova, shahar targʻibot guruhi rahbari Malohat Tojiboyeva, psixolog Lola Esonova hamda institutning yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektori Sanobar Eshbekova, xotin-qizlar raisi Bibirajab Tursunovalar ijtirok etdi. Semenar-trening juda qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda boʻlib oʻtdi.   Institut matbuot xizmati Jizzax politexnika institutining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling va kuzatib boring: • www.fb.com/jizpiuz • www.instagram.com/jizpiuz • twitter.com/jizpiuz • https://t.me/JizPI_online