Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi "Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" PQ-4910-sonli qarori ijrosini hamda akademik litsey bitiruvchilarining OTMlarga oʼqishga kirishini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika instituti akademik litseyida Davlat Test Markazining(DTM) chet tillari boshqarmasi bosh mutaxassisi Oybek Gʼaniyev, DTM Jizzax viloyati boʼlimi bosh mutaxassisi Axadulla Raxmatullayev, yetakchi mutaxassis Raxim Mingbayev va akademik litseyning bitiruvchi kurs talabalari, litsey pedagogik jamoasi ishtirokida uchrashuv oʼtkazildi. Uchrashuvda DTM xodimlari tomonidan 2021-yilda OTMlarga kirish imtihonlarida olinadigan test savollaridagi kutilayotgan oʼzgarishlar, PQ-4910-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida akademik litsey bitiruvchi kurs talabalari uchun chet tillarini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlarini olish tartibi va har oyda oʼtkazilayotgan test sinovlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Uchrashuv davomida talabalar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga toʼliq javob olishdi. 2021-yil 13-yanvar kuni akademik litseyning bitiruvchi kurs talabalari DTMning ilk test sinovlarida ishtirok etishlari haqida kelishib olindi. Institut matbuot xizmati Jizzax politexnika institutining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling va kuzatib boring: • www.fb.com/jizpiuz • www.instagram.com/jizpiuz • twitter.com/jizpiuz • https://t.me/JizPI_online