Jizzax politexnika instituti "Qurilish materiallari muhandisligi" fakultetining 812-20 D va PQM guruhi talabasi Hosilbekov Zohidjon Zoir o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2020-yil 13-oktyabrdagi PQ-4862-son hamda "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2019-yil 24-oktyabrdagi PQ-4498-son qarorlari ijrosi hamda yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikga o‘qitish va biznes loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish, shu orqali ularning bandligini ta’minlash maqsadida, Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan o‘quv kurslarni muvaffaqiyatli tamomlab, Mikrokreditbank ATB Jizzax viloyati mintaqaviy filiali tomonidan jami 33 mln. so‘mlik imtiyozli kreditga ega bo‘ldi. Endi yosh talaba tadbirkorimiz tomonidan Vitraj oynalar ishlab chiqarish asosiy maqsad qilib olingan. Ushbu yosh tadbirkor talabamizni fakultet jamoasi nomidan chin qalbdan tabriklaymiz!