Jizzax politexnika institutida tahsil olayotgan talabalarning qishki ta’til vaqtlarini mazmunli o’tkazish va shu bilan birga barcha fakultet tyutorlarining bilim, ko’nikma va malakalarini oshirish maqsadida joriy yil 8-yanvar kuni tyutorlik soatlari o’quv-seminari tashkil etildi. Mazkur dastlabki tyutorlik soatlari o’quv-seminarini o’tkazish Arxitektura va qurilish fakulteti tyutori Inatov Bobomurod va fakultet tyutorlari tomonidan tashkil etildi. Unda barcha fakultet dekan o’rinbosarlari va tyutorlari ishtirok etdi. “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik” mavzusidagi tyutorlik soatini taqdimot qilib, bugungi kunda yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida “Inson qadri uchun” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan yuksak islohotlar natijasida chinakamiga yangicha dunyoqarash, yangicha jamiyat va insonlar ongi-shuuri o’zgarib borayotganligi Yangi O’zbekiston davrini boshlanganligidan dalolatdir. Yurtboshimiz Yangi yil munosabati bilan Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan tabrigida yangi – 2022 yilni mamlakatimizda “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili” deb e’lon qilishlarini o’zi yurtimizda yashayotgan har bir odamning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash asosiy vazifa etib belgilanganligini ko’rsatib turibdi. O’quv-seminar davomida tyutorlar bilan fikr almashinuvlar, bahs-munozaralar olib borildi. Seminar so’nggida talabalarning qishki ta’tildagi bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish borasidagi fikrlar va takliflar tinglandi. Bu borada qishki ta’til vaqtida talabalar uchun onlayn viktorinalar va tanlovlar o’tkazishga kelishib olindi. Jumladan talabalar o’rtasida “Mening armiyam-mening faxrim” rasmlar tanlovi, “Yangi Ozbekiston - mening tasavvurimda” mavzusida eng yaxshi insho kabi tanlovlarini talabalar haftaligi davomida o’tkazish belgilab olindi.