Bugun, 26-may kuni Jizzax politexnika instituti "Energetika va radioelektronika" fakulteti dekani U. Yarlakabov va "Elektr texnologiyasi" kafedrasi professor-o'qituvchilari J. Duvlonov, U. Xudoyberdiyev va kafedraning iqtidorli talabalari Osmonsoy MFYga qarashli Osmonsoy qishlog'ida joylashgan 2-umumta’lim maktabida uyushmagan yoshlar bilan uchrashdi.
Tadbir doirasida fakultet dekani U.Yarlakabov so'zga chiqib, institutimizda tashkil etilgan bepul kurslar va uyushmagan yoshlar uchun yaratilayotgan qulayliklar haqida ta'kidladi. Shuningdek, "Temir daftar" va "Yoshlar daftari"ga kirgan yoshlarni o'quv markazlariga imtiyoz asosida jalb etish va yordam berish haqida ham to'xtalib o'tdi. Uchrashuv so'nggida OTMga kirish xohishi bo'lgan 2 nafar yoshlar fakultetning 2-bosqich magistranti rahbarlik qilayotgan "Garasha" o'quv markaziga imtiyoz asosida o'qishga qabul qilindi.