Uchrashuvga quyidagi mutaxassislar taklif etildi: — Tursunov Abdulatif Abdulhayevich – Oʼzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi Fatvo boʼlimi bosh mutaxassisi. — Shukrullo Isroil – Oʼzbekiston Musulmonlar idorasi Jizzax viloyati bosh imom-xatibi oʼrinbosari.
Shuningdek, uchrashuvda barcha soha prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, boʼlim boshliqlari, professor-oʼqituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi Fatvo boʼlimi bosh mutaxassisi - Tursunov Abdulatif Abdulhayevich: "Din niqobidagi ekstremizm-yoshlar kelajagi uchun tahdid" mavzusida, Oʼzbekiston Musulmonlar idorasi Jizzax viloyati bosh imom-xatibi oʼrinbosari - Shukrullo Isroil: "Din va shariat ilmidan toʼgʼri foydalanish" mavzularida maʼruza qildilar. Tadbirda soʼzga chiqqanlar tomonidan bugungi kunda dunyo davlatlarini tashvishga solayotgan diniy ekstremizm va terrorizm kundan-kunga yangicha koʼrinishga kirib borayotganligi, Yaqin Sharq va arab davlatlarida roʼy berayotgan hodisalar jahon hamjamiyatini tashvishga solayotganligini, bu tartibsizliklar va fuqorolar urushidan oʼz maqsadlari yoʼlida foydalanib, mazkur davlatlarni oʼzlariga maskan qilib olayotgan terroristik tashkilotlar islom dini nomi va shanini bulgʼashda davom etayotganliklari taʼkidlandi.
Hozirgi kunda yoshlarga turli ijtimoiy tarmoqlar, mobil dasturlari va turli vositalardan axborot xurujlari orqali taʼsir qilishga urinishlar koʼp boʼlayotganligi, bu esa har birimizni doimo ogoh boʼlishga chorlashi zarurligini anglatadi deya takidlandi. Shuningdek, dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan, din niqobi ostida faoliyat olib borayotgan turli diniy ekstremistik tashkilotlarning yoshlarni aldov yoʼli bilan oʼz saflariga qoʼshib olayotganidan kelib chiqib, talaba-yoshlarni bunday guruhlar tahdididan doimo ogoh va hushyor boʼlish, uning oʼrniga ilm-marifat bilan shugʼullanish, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalanishga davat etildi.
Dunyoning diniy manzarasi, ularda sodir boʼlayotgan oʼzgarishlar, Oʼzbekistonda faoliyat koʼrsatayotgan noislomiy diniy tashkilotlar, ularning oʼziga xos xususiyatlari hamda missionerlik tarixi, bunday faoliyat bilan shugʼullanayotgan jamoalar, ularning gʼarazli maqsadlari, qoʼllayotgan uslub va vositalari haqida keng maʼlumotlar berib oʼtildi. Bundan tashqari missionerlik harakatlarining oldini olishning huquqiy asoslari, bu borada har bir idora oldida turgan dolzarb vazifalar, jamiyatda barqarorlik va taraqqiyotni taʼminlashda diniy marifat va bagrikenglik madaniyatining oʼrni va ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir soʻnggida professor-oʼqituvchilar va talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi. Institut Ilmiy va innovatsiyalar boʼyicha prorektori S.Tavboev tadbir yakunida, tadbirda ishtirok etgan mutaxassislarga institut maʼmuriyati va talabalari nomidan minnaddorchilik bildirib, bu kabi davra suhbatlarini tez-tez oʼtkazish foydadan holi boʼlmasligini taʼkidladi.