...

15 Sen

Jizzax politexnika instituti rektori Alisher Usmankulov Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tayotgan "Jahon rektorlar forumi"da ishtirok etmoqda.

Ayni kunlarda Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida bo‘lib o‘tayotgan «Jahon rektorlar forumi»da Jizzax politexnika instituti rektori A.Usmankulov hamda institutning xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori J.Abdunazarov ishtirok etmoqda.

Ushbu forum ilg‘or xalqaro tajribalar asosida universitetlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan. Ishtirokchilar ilmiy-texnik salohiyatni mustahkamlash masalalarini muhokama qiladilar va universitetlarning intellektual faoliyati natijalarini tijoratlashtirish, universitet xodimlari uchun innovatsion malaka oshirishni tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqadilar.

Forum mahalliy universitetlar va ularning ilmiy maktablari orqali xalqaro hamkorlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga, tadqiqot hamda ta’lim xizmatlari bozori ulushini oshirishga xizmat qildi va intellektual faoliyat natijalarining raqobatbardoshligini oshiradi.

Forum doirasida Jizzax politexnika instituti bilan quyida nomi keltirilgan OTMlar o‘rtasida hamkorlik shartnomalarini imzolashga kelishib olindi:

– Varna Free University (Bolgariya Respublikasi);
– Rossiyaning Birinchi Prezidenti B.N.Yelsin nomidagi Ural Federal universiteti (Rossiya Federatsiyasi);
– Uskudar universiteti (Turkiya Respublikasi);
– Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy Universiteti (Qozog‘iston Respublikasi);
– Qirg‘iziston davlat texnika universiteti(Qirg‘iziston Respublikasi);
– Osh davlat universiteti(Qirg‘iziston Respublikasi).