Qadrli yoshlar, aziz talabalarim!

Sizlarni, sizlar orqali butun mamlakatimiz yoshlarini bugungi bayram Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Barchangizga el-yurtimiz faxrlanadigan, Yangi O‘zbekistonning munosib farzandi, yetuk kadr va yuqori malakali mutaxassis, ziyoli inson bo‘lish baxti nasib etishini tilayman!

O‘z ustingizda tinimsiz ishlab, Vatamiz ravnaqi yo‘lida xizmat qiladigan yetuk insonlar bo'lishingizga tilakdoshman.

O‘qish-o‘rganish, izlanish va intilishdan aslo to‘xtamang!

Sizlarni Yoshlar kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, kuch-g‘ayrat, o‘qish va ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilayman!

Institut rektori t.f.d,

professor A.Usmankulov

Manba: https://t.me/JizPI_rektori/395