Hurmatli professor-o‘qituvchilar! Aziz talabalar!

Sizlarni islom olamining eng ulug‘ bayrami bo‘lmish Ramazon hayiti bilan muborakbod etayotganimdan benihoya mamnunman. Mazkur muqaddas ayyom bilan barchangizni chin yurakdan tabriklayman.

Ramazon oyi butun dunyoda yoshu qarini birdek quvontirib, ruhiyatimizni, nafsimizni pokladi, dillarimizda iymon-e’tiqodni mustahkamladi. Mana shunday fazilatli oyda tutgan ro‘zalarimiz qabul, ibodatlarimiz maqbul va duolarimiz mustajob bo‘lishini Haq taboraka va taolodan so‘raymiz. Ramazoni sharifning nihoyasi qalblarimizga niyat qilib tutgan ro‘zamiz sharofatidan ko‘tarinkilik, niyatlar ro‘yobi bilan shodlik baxsh etsada, tugab borishi mahzunlik, orziqish beradi. Ammo yanagi yilga - yangi mohi Ramazonga yetishish umidi bizni tark etmaydi.

Bugungi fayzli tarovatli kunlarda barchangizni muqaddas ayyom – Ramazon hayiti bilan samimiy qutlab, Sizga mustahkam sog‘lik, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.

Ramazon Hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

Institut rektori,

t.f.d., prof. Alisher Usmankulov