Qadrli ustozlar! Aziz talaba–yoshlar!

Barchangizni 9-may — Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 77 yilligi bilan samimiy qutlayman.

Bugun barchamiz mana shunday dorilomon kunlar qanday og‘ir sinov va mashaqqatlar evaziga qo'lga kiritilganini har doimgidanda chuqurroq anglaymiz, his qilamiz. Vatan ozodligi, yurtimiz tinchligi uchun Ikkinchi Jahon urushida mardlik va jasorat ko‘rsatgan faxriylarimizga, front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizga chuqur hurmat-ehtirom va ezgu tilaklarimizni izhor etamiz. Vatan uchun qurbon bo‘lgan, yurtdoshlarimiz xotirasiga ta’zim qilamiz.

Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug‘dir. O‘tganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratlarini yodga olmoq, e’zozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardandir. Shu ma’noda, bugun shunday bir kunki, u shu yurtda yashayotgan har qaysi oila, har qaysi xonadon hayotida chuqur iz qoldirgan tarixiy sanadir.

Fursatdan foydalanib, yurtimizdagi barcha urush va mehnat faxriylarini muborak ayyom bilan qutlab, sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga qut-baraka tilayman.

Tinchlik bebaho ne’mat!

Tinchlik bor joyda rivojlanishning yuksak cho‘qqilari zabt etiladi, tinchlik bor joyda farovonlik va xotirjamlik bo‘ladi.

Vatanimiz obod, yurtimiz tinch, doimo osmonimiz musaffo bo‘laversin!

Institut rektori, 

t.f.d., prof. Alisher Usmankulov