...

11 Dek

Jizzax politexnika instituti va Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universiteti professor-o‘qituvchilari hamkorligida tajriba almashish bo'yicha o'quv-amaliy seminari bo'lib o'tdi

Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy ta’lim tizimini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga, respublikada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi yangilanishlarda ushbu muassasalarning faol ishtirokini ta’minlash yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorida bir qator vazifalar belgilangan.

Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika insituti bilan Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti o‘rtasida Hamkorlik shartomasi imzolangan.

Shartnomaga asosan Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti Tekstil va oziq-ovqat muhandisligi fakulteti dekani, professor Kenjabayeva Gulmira Sovetovna, texnika fanlari nomzodi., dotsent., Kaldiboyev Rashid Turdibayevich va texnika fanlari nomzodi To‘qimachilik materiallari texnologiyasi kafedrasi mudiri dotsent Togatayev Torabek Usenbekovichlar joriy yilning 1-4 dekabr kunlari Jizzax politexnika insitutiga tashrif buyurdilar. Sanoat texnologiyalari fakulteti Tabiiy tolalar va matoga ishlov berish, To‘qimachilik mahsulotlarini qayta ishlash va Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi kafedralarida qarashli bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi talabalariga dars mashg‘ulotlari olib borishdi.

Bundan tashqari 2-dekabr kuni Sanoat texnologiyalari fakultetining madaniyat saroyida professor-o‘qituvchilar bilan o’zaro tajriba almashish o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti Tekstil va oziq-ovqat muhandisligi fakulteti dekani, professor Kenjabayeva Gulmira Sovetovna tomonidan kredit-modul tizimi haqida tushuncha berildi.