Respublikamizda har yili 1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati katta iftixor va g‘urur tuyg‘ulari bilan tadbirlar tashkil etilib, umumxalq bayrami ko‘tarinki ruhda nishonlanadi. Bugun, 29-sentabr kuni Jizzax politexnika institutida “1-oktabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami tantanalari ko'tarinki ruhda, institut jamoasi ishtirokida o'tkazildi. Ahamiyatli jihati, bayram tadbirida ta’lim sohasida uzoq yillar xizmat qilgan faxriy ustozlar bilan bir qatorda barcha professor-o’qituvchilar va xodimlar ham ishtirok etdi. Tadbirni institut rektori, texnika fanlari doktori, professor A.Usmankulov bayram tabrigi bilan ochib berdi. Shuningdek, ko‘p yillar oliy ta'lim tizimida mehnat qilgan faxriy ustozlarga ehtirom ko‘rsatilib, bayram tabriklari yetkaziladi. Institutning sakkiz nafar fidoyi professor-o‘qituvchilariga va xodimlariga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining “Faxriy yorliq”lari va esdalik sovg'alari topshirildi. Bayram tadbiri 3 qismda tashkil etilgan bo’lib, 1-qismda: Sport mashqlari, “Ustozlar” qo‘shig‘I, Mushoira – etadi davom, Andijon polkasi – ommaviy raqs, Viktorina o‘yinlari, Xorij adabiy na’munalaridan lavhalar, “Ajab savdolar” musiqali dramasidan “Parvoz” ariyasi, “Milliy liboslarda – moziy sadosi” liboslar namoyishi, “Do‘ppi tikdim” qo‘shig‘I, QVZ chilarning qiziqarli chiqishlari, Xorazmcha lapar. 2-qismda: Kofe breyk. Hamda 3-qismda: Jizzax politexnika instituti professor – o‘qituvchilarining badiiy dam olish dasturi asosida o’tkazildi. Professor-o’qtuvchilar, dekan o’rinbosarlari hamda institutning boshqa xodimalari va talabalar ijrosida tayyorlangan chiqishlar, ko’ngilochar dasturlar aziz va muhtaram ustozlarimiz uchun chinakam bayram sovg‘asi bo‘ldi. BAYRAMINGIZ MUBORAK AZIZ USTOZ VA MURABBIYLAR!