Jizzax politexnika institutida "17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri o'tkazildi. Institut rektori A.Usmankulov tashabbusi bilan institut talabalar turar joyida talabalar kuni bayram xayriya dasturxoni tashkil etildi. Tadbirda institut rektori, texnika fanlari doktori, professor A.Usmankulov, institutning yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori S.Eshbekova, barcha fakultetlar dekanlari, dekan oʼrinbosarlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Tadbir avvalida institut rektori talaba-yoshlarni "17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan tabriklab, o'zining tilaklarini bildirdi. Shundan soʻng, 17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan "Yangi O'zbekiston talabalari" shiori ostida boʻlib o'tgan haftalik doirasida, viloyatdagi OTMlar o'rtasida tashkil etilgan sport musobaqalari, Zakovat intellektual o'yini, “Quvnoqlar va zukkolar” ko'rik-tanlovida munosib ishtirok etgan talabalar diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Tadbir davomida institut rahbariyati tomonidan talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar uchun tuzalgan dasturxonga osh tortildi. Soʻngra ijodkor talabalar tomonidan kuylangan kuy-qoʼshiqlar tadbirga koʼtarinki ruh bagʼishladi. Bu kabi ma'naviy tadbirlarning tashkil etilishi talabalarga hush kayfiyat bag'ishlaydi. Ushbu bayram tadbiri ham talabalar hayotidagi unutilmas kun boʼlib qoldi. Qadrli talabalar, yana bir bor bayramingiz muborak boʻlsin!