Bugun, 28-aprel kuni Jizzax politexnika institutida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yangi tizimini yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”ga ko'ra aprel oyi davomida amalga oshiriladigan ishlar doirasida yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ular orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish yo‘nalishi bo'yicha institut professor-o'qituvchilari, xodimlar va talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida 5000 metrga sportcha yurish hamda institut talaba-yoshlari o‘rtasida yugurish marafoni o'tkazildi.
Sportcha yurish hamda yugurish marafoni karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda bayramona ruhda tashkillashtirildi.
Institut matbuot xizmati