Ma'lumki, oliy ta’lim tizimi tarixida ilk marotaba – rektorlar, prorektorlar, dekanlar va moliya masalalariga mas’ullar uchun oʻz kasbiy mahoratini oshirish, yangicha tartibda ishlashni boshlash maqsadida joriy yil 10-24-yanvar kunlari oliy ta’lim muassasalarida amaliy seminar-treninglar tashkil etilmoqda. Jizzax politexnika institutida ham amaliy seminar-treninglar samarali yo'lga qo'yilgan bo'lib mashgʻulotlar har kuni belgilangan grafik asosida bo'lib o'tmoqda. Jizzax politexnika institutida qishki ta’til davrida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasiga asosan, kredit-modul tizimida ishlashni o‘qitish bo‘yicha o‘quv-seminarlari, ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha hamda kompyuter savodxonligi bo‘yicha o‘quv kurslari, sport musobaqalari va ma'naviy-ma'rifiy o‘quv seminarlar fakultetlarga, kafedralarga bo'lingan holda bo'lib o'tmoqda. Seminar-treninglarga institutning barcha professor-o'qituvchilari, kafedra mudirlari, fakultet dekanlari jalb etilgan bo'lib, mas’ullar tomonidan zarur maʼlumotlar berilmoqda. Ushbu seminar-treninglar bo'yicha qo'shimcha ma'lumot berib boramiz.