Bugun 22-oktabr kuni Jizzax politexnika institutida “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbirda Jizzax shahar IIO FMB 1-sonli IIB Oʼratepalik mahallasi huquq tartibot maskani profilaktika inspektori kapitan L.Boynazarov, Jizzax viloyati narkologiya dispanseri vrach-norkologi J.Kenjayev, narkologiya dispanseri vrach-norkologi V.Suvankulova, narkologiya dispanseri hamshirasi L.Xo’jabekova, narkologiya dispanseri hamshirasi M.G’oziyeva, Jizzax politexnika institutining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori S. Eshbekova, fakultetlarning dekan o’rinbosarlari, professor-o’qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Tadbir avvalida talaba-yoshlarga “Adashganlar qismati” hujjatli filmi namoyish etildi. Shundan so'ng, so'zga chiqqanlar tomonidan yoshlar va oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, giyohvandlik, giyohvandlikning salbiy oqibatlari, giyohvand vositalarini tarqalishiga qarshi kurashish va oldini olish, psixotrop, kuchli taʼsir qiluvchi moddalar hamda giyohvandlikning yetkazadigan son-sanoqsiz zararlari haqida talaba-yoshlarga atroflicha ma'lumot berdilar. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ta’lim muassasalarida bunday holatlarni bartaraf etish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilayotganligini ta'kidladi. Davra suhbatida ishtirok etgan talabalar mavzu bo’yicha ma’ruzachilarga qator savollar bilan murojaat qildilar va mutaxassislar tomonidan yetarlicha javob oldilar.