Joriy yil 31-avgust kuni Jizzax politexnika institutida 2022/2023-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, jumladan, o‘ziga biriktirilgan talabalar bilan ishlash rejasi, boshqa viloyatdan kelib tahsil oladigan talabalarni talabalar turar joyi yoki ijara xonadonlari bilan ta’minlash, yangi o‘quv yilida yoshlar tarbiyasi, ularni qo‘llab-quvvatlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S. Eshbekova, Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Sh. Alikabulov, Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi D. Hamraqulov, Profilaktika inspektori mayor F. Normatov, dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etdi. Dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot shaklida olib borilgan yig‘ilish yakunida ularning taklif va tavsiyalari ham eshitildi.