Unda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i Otabek Bazarov, institutning yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori Sanobar Eshbekova, barcha fakultetlarning yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o'rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etdi. Seminar-treningda Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o'zgarishlar, ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar, talaba-yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish usullari va mexanizmlari, 5 tashabbus doirasida ishlash, ijara xonadonlarida yashovchi talabalar bilan ishlash, Talabalar turar joyida hamda ijarada istiqomat qiluvchi talabalarning yashash sharoiti o'rganish, tyutorlarning vazifalari borasida so'z bordi. Dekan o'rinbosarlari hamda tyutorlar o'z faoliyati davomida zarur bo'lgan koʻnikmalarga ega boʻldilar.