Jizzax politexnika institutida 6-7 aprel kunlari «Erasmus+» dasturining “Oliy ta’limda salohiyatni oshirish” (SVNE) yo‘nalishi doirasida amalga oshirilayotgan «Intelligent transport systems: INTRAS- New ICT-based Master’s Curricula for Uzbekistan» loyihasi monitoring uchrashuvi o‘tkazildi. Ushbu monitoring uchrashuvida Yevropadan Gdansk politexnika universiteti onlayn tarzda qatnashdi. O‘zbekistondagi INTRAS halqaro loyihasi a’zolari, Toshkent davlat transport universiteti, Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Andijon mashinasozlik texnologiya instituti, Termiz davlat universtiteti, Jizzax politexnika instituti, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Jizzax viloyat boshqarmasi o‘z hisoboti bilan qatnashdilar. Uchrashuvda loyihaning realizasiya holati, erishilgan natijalar va kelgusidagi rejalar kelishildi.