Joriy yilning 26-mart kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 16-martdagi № 87-01-250- sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika institutida yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Ijtimoiy fanlar kafedrasi tomonidan “Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” mavzusida  uchrashuv tashkil etildi. Ushbu uchrashuvda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Jizzax viloyat vakilligining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, “Do‘stlik” ordeni sohibasi Farog‘at Sattorova, Jizzax viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi Ma’ruf Hamidov, Jizzax politexnika instituti professori, “Do‘stlik”ordeni sohibi, oliy ta’lim a’lochisi Urish Yuldashev, “Transport logistikasi” kafedrasi mudiri, yosh olim Sirojiddin Jiyanboyevar ishtirok etdilar. Ular o‘z chiqishlarida bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida gapirdilar. Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar har bir inson shunday obod va ozod Vatanda yashayotganligini, tinchlikning qadriga yetishimiz lozimligi, har bir voqea-hodisaga befarq bo‘lmasligimiz fuqarolik burchimiz ekanligini chin yurakdan his qilgan holda faoliyat yuritishimiz lozimligi haqida gapirdilar. Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutassadilar tomonidan atroflicha javoblar olishdi. Tadbir savol – javoblarga boy tarzda, qiziqarli va munozarali o‘tdi. Talabalar bunday tadbirlar ko‘proq bo‘lishi kerakligi haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.