Jizzax politexnika institutida "Istiqlolning istiqbolli yoshlari” mavzusida "Talaba-yoshlar" festivali boʻlib oʻtdi. Ushbu muazzam tadbir professor-o'qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlar mehnatlari samarasini e’tirof etish va e’tiborga olish, talaba-yoshlarni rag‘batlantirish hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 15-dekabrdagi “Istiqlolning istiqbolli yoshlari” hamda “Toshkent yoshlarni sevadi” shiori ostida yoshlar oyligi doirasida ta’lim muassasalari talaba - o‘quvchilari o‘rtasida turli mavzularni o‘z ichiga olgan “Talabalar festivali”ni tashkil etish to‘g‘risida”gi 519-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Ushbu tadbirdan ko‘zlagan asosiy-maqsad institut talaba-yoshlarining mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarga daxldorlik tuyg‘usini oshirish, tashabbuskor va iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning iqtidorlarini namoyon qilish uchun keng imkoniyatlar yaratish, ilm-fanga qiziqishini oshirish, yoshlar o‘rtasida ijod, madaniyat va san’at, sportni rivojlantirish, talaba-yoshlarning jamiyatda munosib o‘rin topishida ko‘maklashishdir. Tadbirni institutining yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori S.Eshbekova ochib, tabrik va qutlov uchun so‘z navbatini institutimiz rektori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Kadirkulovichga berdi. A.Usmankulov barchani 2022 yil kirib kelishi munosabati bilan tabriklab, yil davomida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qildi. Yangi yillardagi rejalar haqida ma'lumot berdi. Tadbir davomida institut professor-o'qituvchilari, xodimlar hamda talaba-yoshlarning qayd etgan natijalari, erishgan yutuqlari e'tirof etildi. Ularga diplom va faxriy yorliqlar, sovg'alar topshirildi. Shundan so'ng, festival loyihalariga navbat berilib, intellektual loyihalar doirasida Zakovat bellashuvi boshlandi. Unda institutimizning barcha fakultetlarining jamoalari, ya’ni Transport fakultetining ”Leaders team” jamoasi, Arxitektura va qurilish fakultetining “Arxitektor” jamoasi, Servis fakultetining “Servis” jamoasi, Energetika va radioelektronika fakultetining “Energetik” jamoasi, Sanoat texnologiyalari fakultetining “Liderlar” jamoasi, Kimyoviy texnologiyalar fakultetining “Kimyogar” jamoasi, Qurilish materiallari muhandisligi fakultetining “Muhandis” jamoalari o‘zaro bellashdilar. Bellashuvning yakuniy natijalariga ko'ra, Arxitektura va qurilish fakultetining “Arxitektor” jamoasi birinchi o'rinni, Servis fakultetining “Servis” jamoasi ikkinchi o'rinni, Transport fakultetining ”Leaders team” hamda Energetika va radioelektronika fakultetining “Energetik” jamoalari uchinchi o'rinni qo'lga kiritdilar. Shuning bilan tadbirning birinchi qismi o'z yakuniga yetdi. Tabdirning ikkinchi qismida navbat sport musobaqalariga berildi. Unda institutimiz talabalari 8 turdagi sport musobaqalari bo‘yicha o‘zaro fakultetlararo bellashdilar. Bular mini futbol sport turi, stol tennis sport turi, 100 metrga yugurish sport turi, turnikka tortilish sport turi, tosh ko‘tarish sport turi, arqon tortish sport turi, shaxmat o‘ynash sport turi, qirq tosh sport turlari bo'yicha o'zaro kuch sinashdilar. Sport musobaqalarining barchasini har bir sport turi bo'yicha soha mutaxassislari kuzatib bordilar. Batafsil: https://telegra.ph/00-12-22-3