Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan professor-oʻqituvchilar oʼrtasida mini futbol boʻyicha, talabalar oʻrtasida futbol boʻyicha, talaba-qizlar oʼrtasida esa voleybol boʻyicha sport musobaqalari boʻlib oʻtmoqda.
Institutimiz professor-oʻqituvchilari oʼrtasida bo’lib o’tayotgan mini futbol boʻyicha musobaqa bugun, 21-aprel kuni o’z yakuniga yetdi.
Ushbu musobaqada Jizzax politexnika institutining barcha fakultetlari professor-o’qituvchilaridan tashkil topgan 7 ta jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.
20-aprel kuni bo’lib o’tgan saralash o’yinlaridan so’ng institutning 4 ta fakulteti jamoasi yarim final bosqichiga yo’l oldi. Yarim final bosqichi o’yinlari bugun, 21-aprel kuni bo’lib o’tdi va natjalarga ko’ra, finalga "Transport" fakulteti hamda "Qurilish materiallari muhandisligi" fakulteti yo’l oldi. 3-oʼrin uchun esa "Kimyoviy texnologiyalar" fakulteti va "Servis" fakultetlari o’zaro kuch sinashdi. Yakuniy natijalarga ko’ra, faxrli 1-o'rinni "Qurilish materiallari muhandisligi" fakulteti, 2-o'rinni "Transport" fakulteti hamda 3-o'rinni "Kimyoviy texnologiyalar" fakultetlari qo’lga kiritdilar.
"Qurilish materiallari muhandisligi" fakulteti jamoasi
"Transport" fakulteti jamoasi
"Kimyoviy texnologiyalar" fakulteti jamoasi
Musobaqa yakunida bo'lib o'tgan taqdirlash jarayonida institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori S. Tavboyev, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektor S. Eshbekova, Jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri X. Abduvaliyevlar so'zga chiqdi. Taqdirlash jarayonida institut ma'muriyati xodimlari, professor-o'qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi. G'oliblarga diplom hamda sovg'alar topshirildi. Taqdirlash jarayonidan lavhalar:
Musobaqalar haqida "Jismoniy tarbiya" kafedrasi hamda institut matbuot xizmati hamkorligida batafsil maʼlumot berib borilmoqda.