Bugun, 23-noyabr kuni Jizzax politexnika institutida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarda talaba-yoshlarning faol qatnashishlarini ta’minlash maqsadida tadbir o'tkazildi. Tadbirda institut rektori, texnika fanlari doktori, professor A.Usmankulov, Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor S.Eshbekova, institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B.Maxsudov, mas’ul rahbarlar, fakultetlar dekanlarining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha o'rinbosarlari, tyutorlar, akademik guruhlar sardorlari ishtirok etdilar. Tadbir avvalida, institut rektori A.Usmakulov so‘zga chiqib, institutda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tashkil qilinganligi haqida yig’ilganlarni xabardor qildi va ushbu sohada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng, institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B.Maxsudov so‘zga chiqib, ushbu tizimni tashkil qilishdan asosiy maqsad, uning oldida turgan vazifalar bilan yig‘ilish qatnashchilarini tanishtirdi. Ma’ruzachi tomonidan noqonuniy harakatlar uchun javobgarlik mavjudligi to'g'risida ogohlantirildi. Shu o‘rinda, talaba-yoshlarda vatanparvarlik, mas’uliyatni his qilishlik, jamiyatda befarq bo‘lmaslik kabi fazilatlarni shakllantirish, rivojlanishga to‘siq hisoblangan korrupsiyaga qarshi kurashish jarayoniga faol qatnashish barchamizning burchimiz ekanligi to'g'risidagi tushunchalar berildi. Kelgusida amal qilinishini ta’minlash maqsadida, yig‘ilganlar korrupsiyaga qarshi kurash sohasida qabul qilingan qonun va qonun osti huquqiy me’yoriy hujjatlar bilan qisqacha tanishtirildi. Tadbir yakunida mavzu bo'yicha barchani qiziqtirgan savollarga javob berildi. Mavzu yuzasidan talaba-yoshlar tomonidan taqdim etilgan takliflar muhokama qilindi.