#Saylov2021 #Kelajaging_uchun_ovoz_ber!   2021-yil 14-oktabr kuni Jizzax politexnika institutida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi munosabati bilan “MUNOSIB NOMZODGA OVOZ BERING” mavzusida nomzodlarning ishonchli vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Jizzax politexnika institutida "Talaba-yoshlar va saylov" talabalar forumi doirasidagi tadbirlar ushbu uchrashuv bilan boshlandi. Uchrashuvda, Jizzax politexnik a institutining yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori S.Eshbekova, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi Sh.Abdumurodov, Jizzax shahar O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi a’zosi J.Yodgorova, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zosi B.Uzoqov, Adolat-sotsial demokratik partiyasi a’zosi O.Shukurov, targ‘ibot guruhi a’zolari, partiya faollari hamda institut professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar. Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning ishonchli vakillari yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi va Saylovoldi dasturidagi ustuvor yo‘nalishlar bilan tanishtirib o‘tdilar. So‘ngra uchrashuvda sо‘zga chiqqan beshta nomzodlarning ishonchli vakillari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi dasturida kо‘rsatilgan barcha sohalarda amalga oshirilayotgan tadbirlar, saylov qonunchiligi, saylovchilarning huquq va burchlari, shuningdek, mamlakatimiz ravnaqi uchun, xalqimizni farovonligi, kelajagimiz egalari bо‘lgan yoshlarga berilayotgan yuksak e’tibor va ularga yaratilayotgan sharoitlar bо‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Saylovchilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning ishonchli vakillari bilan uchrashuv orqali nomzodlar haqida oʻzini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.   Batafsil: 👉 https://telegra.ph/14-10-14-3