Bugun, 15-aprel kuni Jizzax politexnika instituti, xotin-qizlar maslahat kengashi, “Viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi” qoshidagi “Qalb nuri” markazi tomonidan “O‘ZINI ANGLASH VA QALBNI OCHISH” mavzusida “Sanoat texnologiyalari” fakulteti talaba-qizlari va professor-o‘qituvchilari uchun seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Negativlarni hayot quvvatiga aylantirish” mavzusida institut psixologi Orifjon Rajabov va “O‘zini anglash va qalbni ochish” mavzusida-spiker, Artterapevt davolovchi izoterik psixolog Xurshida Hayitaliyevalar trening mashg‘ulotlarini olib borishdi. Bundan tashqari Viloyat valelogiya boshqarmasidan ham besh nafar mutaxassislar ishtirok etishdi.